Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar saylandi

Bugun bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 10-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Alisher Usmanov besh yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari - sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.
Alisher Usmanov bir vaqtning o‘zida Sudlov hay’ati raisi lavozimini ham egallaydi. Tayinlovga qadar u Namangan viloyati sudi raisi edi.
Shuningdek, Ikram Muslimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimidan, Nodira Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter