Opta JCh-2026 «o‘lim guruhlari»ni aniqladi
Kecha JCh-2026ga qur’a tashlanganidan so‘ng, Opta statistik portali guruhlarni kuchli va kuchsizlarga taqsimladi.
Portal Argentina, Jazoir, Avstriya va Iordaniya o‘rin olgan J guruhini «o‘lim guruhi» (eng qiyin guruh) sifatida e’tirof etdi.
Shuningdek, I guruhi (Fransiya, Senegal, Norvegiya hamda qit’alararo pley-off g‘olibi — Iroq / Boliviya / Surinam) va F guruhi (Niderlandiya, Yaponiya, Tunis hamda UEFA pley-off g‘olibi — Ukraina / Polsha / Shvetsiya / Albaniya) eng qiyin guruhlar sifatida ko‘rsatildi.
O‘zbekiston joy olgan guruh qiyinligi bo‘yicha oltinchi o‘ringa joylashtirildi.
Opta talqiniga ko‘ra, guruhlarning qiyinlik darajasi bo‘yicha tartibi:
1. J guruhi — Argentina, Jazoir, Avstriya, Iordaniya;
2. I guruhi — Fransiya, Senegal, Norvegiya va qit’alararo pley-off g‘olibi (Iroq / Boliviya / Surinam);
3. F guruhi — Niderlandiya, Yaponiya, Tunis va UEFA pley-off g‘olibi (Ukraina / Polsha / Shvetsiya / Albaniya);
4. H guruhi — Ispaniya, Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni, Urugvay;
5. L guruhi — Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama;
6. K guruhi — Portugaliya, O‘zbekiston, Kolumbiya va qit’alararo pley-off g‘olibi (Kongo DR / Yamayka / Yangi Kaledoniya);
7. S guruhi — Braziliya, Marokash, Gaiti, Shotlandiya;
8. D guruhi — AQSh, Paragvay, Avstraliya va UEFA pley-off g‘olibi (Turkiya / Ruminiya / Slovakiya / Kosovo);
9. G guruhi — Belgiya, Misr, Eron, Yangi Zelandiya;
10. A guruhi — Meksika, JAR, Janubiy Koreya va UEFA pley-off g‘olibi (Daniya / Shimoliy Makedoniya / Chexiya, Irlandiya);
11. E guruhi — Germaniya, Kyurasao, Kot’d-Ivuar, Ekvador;
12. B guruhi — Kanada, Qatar, Shveysariya va UEFA pley-off g‘olibi (Italiya / Shimoliy Irlandiya / Uels / Bosniya va Gersegovina).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter