Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rta asrlar kayfiyatini beruvchi mehmonxona haqida

O‘rta asrlar kayfiyatini beruvchi mehmonxona haqida

Foto:«Xabar.uz»

Xorazm viloyati yurtimizdagi turistik salohiyati rivojlangan hududlardan biri bo‘lib sayyohlar, mahalliy ziyoratchilar ko‘p joyda mehmonxonalar orasida sog‘lom raqobat yuzaga kelishi tabiiy hol. Mana shunday sog‘lom raqobat muhitida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan maskanlardan biri «Xiva Fayz» mehmonxonasi hisoblanadi.

Mazkur mehmonxona ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmasada tashrif buyuruvchilar orasida ma’lum va mashhur hisoblanadi. Uning eng asosiy yutuqlaridan biri - milliylikka yuqori darajada e’tibor berilganidir. Shinam va qulay xonalar sharqona ruhda jihozlangan bo‘lib, o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

Mehmonxona yo‘laklari esa san’at muzeyidagidek bezatilgan. Unda yurgan kishi turli suratlar qarshisida soatlab qolib ketishi mumkin. «Xiva Fayz» mehmonlari bir muddatga bo‘lsin, o‘zini o‘rta asrlarga tushib qolgandek his etadi.

«O‘zmilliybank» tomonidan mazkur mehmonxona qurilishi uchun 2 mlrd. 400 mln. So‘m kredit ajratilgan bo‘lib mehmonxona bir vaqtning o‘zida 60 dan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda mazkur mehmonxonada 20 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring