Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oskar-2019» yangi nominatsiyasiz qoldi

«Oskar-2019» yangi nominatsiyasiz qoldi

Foto: © Flickr/ lincolnblues

Amerika kinoakademiyasi «Oskar» taqdimotiga yangiliklar kiritishni niyat qilgandi. Shulardan biri «Eng yaxshi ommaviy film» nominatsiyasi edi, deb xabar bermoqda «Life».

Kinochilar ham, tomoshabinlar ham bu qadamni uncha xushlashmadi. Xullas, tortishuvlar cho‘zilib ketgach, kinoakademiya masalani yaxshiroq o‘rganib chiqish uchun yangi nominatsiyani kiritishni to‘xtatib turishga qaror qildi.

«The Wrap» portali kinoakademiya bosh direktori Don Xadsondan shunday iqtibos keltirdi:

«Yangi mukofotning ta’sis etilishiga turlicha fikrlar bildirildi, shuning uchun ham masalani yaxshilab o‘rganib chiqishga qaror qildik. «Oskar»ga ko‘p yillar davomida o‘zgartirishlar kiritib kelganmiz va bu yo‘lda davom etamiz, ammo oxirgi 90 yillik qadriyatlarga ham hurmatni saqlab qolamiz».

Kinoakademiyaning o‘zi rasman qilgan bayonotda ham mukofotlar topshirilishiga to‘qqiz oy qolganida yangi nominatsiyaning joriy etilishi boshqa nominantlarga nisbatan adolatsizlik bo‘lishi bildirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring