Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston «KSONR»ga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston «KSONR»ga a’zo bo‘ldi

Foto: «cis.minsk.by»

O‘zbekiston Respublikasi MDH davlatlar rahbarlari Kengashining 2013 yil 31 maydagi «MDHga a’zo davlatlar Soliqqa oid (moliyaviy) tergov organlari rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi (KSONR) to‘g‘risidagi Nizomning yangi nashri tasdiqlanganligi to‘g‘risida»gi Qaroriga qo‘shildi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi rasmiy saytida e’lon qilindi.

Qabul qilingan Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti boshlig‘i KSONR tarkibidagi Kengashning to‘liq a’zosi sifatida qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, KSONR – MDHning tarmoqlararo hamkorlik organi va soliq (moliyaviy) qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashda harakatlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

KSONR a’zolari Armaniston, Belarusiya, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukraina davlatlarining vakolatli organlari rahbarlari hisoblanadi.

KSONR tadbirlarida ishtirok etish bu mamlakatlarga soliq (moliyaviy) organlar rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, axborot va mazkur sohadagi ijobiy tajribaalmashish, xalqaro hamkorlik uchun tarmoqlararo shartnomaviy-huquqiy bazani rivojlantirish, birgalikda tezkor va taktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, hamda yetakchi ta’lim muaassasalari negizida xodimlarning malakasini oshirish va o‘qitish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring