Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston prezidentining ta’lim va tarbiyaga doir farmoni e’lon qilindi

O‘zbekiston prezidentining ta’lim va tarbiyaga doir farmoni e’lon qilindi

Foto: Oliygoh.uz

O‘zbekiston prezidentining  «Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi. Unga muvofiq,  bilan bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturi majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida kiritilmoqda 

Ushbu guruhlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar va boshqa ijtimoiy obyektlarda tashkil etilishi mumkin.

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab, maktabga tayyorlovdan o‘tgan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi. Mazkur sertifikat haqidagi ma’lumotlar o‘quvchining umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomasida ham qayd etiladi.

Shuningdek, «Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 2026-2028-yillarda Qoraqalpog‘iston, viloyat markazlari va Toshkent shahrida bittadan shunday tashkilot quriladi.

Ushbu bog‘chalar tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari tashkil etilib, unda robototexnika, ijod, fan va matematika yo‘nalishlarida tematik o‘yingohlar bo‘ladi.

«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritadigan rahbar va pedagog xodimlar, jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, musiqa rahbarlari, psixolog va tarbiyachi yordamchilarining tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida davlat budjetidan ustama beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring