Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi yana bir hayrli loyihaga qo‘l urdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi yana bir hayrli loyihaga qo‘l urdi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Chinoz tumani va Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi ixtisoslashtirilgan kollej va maktab tarbiyalanuvchi qizlarining hayotiy vaziyatini o‘rganish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha doirasida 2018 yil 26 iyun kuni YuNISEFning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Afshin Parsi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nodira Shotursunovalar ta’lim maskanlaridagi ma’naviy-ahloqiy, ta’lim-tarbiya va kasbiy ta’lim ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Chinoz tumanidagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida ular ta’lim maskanidagi qizlarning o‘z qo‘llari bilan tikkan kashtalari, to‘qigan kiyimlari, yasagan gul va boshqa qo‘l mehnati mahsulotlarini ko‘zdan kechirdilar. Ular orasida turli qo‘g‘irchoqlardan tortib choynak qopqog‘iyu har xil chiroyli gul, daraxt va savatchalar bor edi. Qizlar o‘z mehnatlari orqali jamiyatga foyda keltirishlari va shuning orqasidan halol daromad topishlari mumkinligini anglab yetyaptilar.

Shuningdek, ushbu o‘quv maskanlarida tarbiyalanayotgan tarbiyasi og‘ir qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ulardagi psixologik holatni yaxshilash, kelajak hayotga ishonch uyg‘otish kabi yo‘nalishlarda ham aniq rejalar belgilab olindi.

O‘quv dargohidagi psixolog har bir qiz bilan individual ravishda muloqot o‘rnatib, uning psixologik holatini o‘rgangan holda, o‘quv-tarbiya muassasasini bitirganidan so‘ng oilalariga qaytishlari, jamiyatda to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyat olib boryapti. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu loyihani doimiy ravishda amalga oshirilishi hamda qizlarning kelgusida jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga ko‘mak beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring