O‘zbekistonda avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 million 903,1 mingta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 344,6 mingtaga oshgan. Natijada mamlakatdagi shaxsiy avtotransportlar soni 5 million dona marrasiga yaqinlashdi.
Transport vositalari tarkibida yengil avtomobillar mutlaq ustunlikka ega bo‘lib, ularning ulushi jami parkning 92,8 foizini tashkil etgan.
Statistikaga ko‘ra, aholi mulkidagi yengil avtomobillar soni 4 million 552,3 ming donani tashkil etgan.
Shuningdek, jismoniy shaxslarga tegishli 330,3 mingta yuk avtomobili ham ro‘yxatdan o‘tgan. Mikroavtobuslar soni 7,5 mingtani tashkil qilgan. Maxsus transport vositalari 7,2 mingta, avtobuslar esa 5,8 mingta etib qayd etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter