Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik yosh olim Germaniya аerokosmik markazining olamshumul loyihasida ishtirok etmoqda

O‘zbekistonlik yosh olim Germaniya аerokosmik markazining olamshumul loyihasida ishtirok etmoqda

Foto: «UzReport»

Germaniya aerokosmik markazi olimlari 149 projektordan iborat «sun’iy quyosh»  yaratishgani haqida «UzReport» xabar tarqatgan edi.

Projektorlarning nuri bir nuqtaga yo‘naltirilsa, harorat Selsiy bo‘yicha 3 yarim ming darajaga yetadi. Qurilma shu qadar kuchli ekanidan, uni radiatsion himoyalangan binoga joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Lampalar yoniqligida xonaga kirgan odam o‘sha zahoti kuyib ketadi.

Tadqiqotchilarning maqsadlaridan biri —  vodoroddan ekologik sof yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun qurilmaning imkoniyatlarini o‘rganishdir.

Zafar Ismoilov, Germaniya aerokosmik markazida. Foto: «Facebook»

Aytishlaricha, Germaniya aerokosmik markazi ushbu olamshumul loyihasida Zafar Ismоilov ismli o‘zbekistonlik yosh bir tadqiqotchi olim ham qatnashyapti  ekan.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Zafar Ismoilov Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring