Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda portlash: 12 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda portlash: 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: «aa.com.tr»

Pokistonning Peshavor shahrida o‘tkazilayotgan namoyishda bir xudkush o‘zini portlatib yuborishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi yaralandi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Avomi» milliy partiyasi namoyishi asnosida sodir bo‘lgan portlashda deputatlikka nomzod Horun Bilur ham halok bo‘lgan.

Pashavor politsiyasining ma’lum qilishicha, Horun Bilur saylovchilar bilan Yakkatut tumanida namoyish o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Yaralanganlar «Lady Reading» shifoxonasiga joylashtirilgan.

Qo‘poruvchilikni hanuz hech qaysi terrorchi guruh o‘z zimmasiga olmadi.

Horun Bilurning otasi Ahmad Bilur ham 2012 yili partiya yig‘ilishida bomba portlashi oqibatida halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring