Prezident farmonlari bilan Abuduhakimov va Ikromov yangi lavozimlarga tayinlandi

Prezidentning tegishli farmonlari bilan Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga, Ikramov Adxam Ilxamovich Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.

Bugun, 18-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimovning hamda Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adham Ikromovning nomzodini ko‘rib chiqib ma’qullagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter