Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prigojin g‘oyib bo‘ldi

Prigojin g‘oyib bo‘ldi

Prigojin Rostovdan ketganidan beri aloqaga chiqmagan va uning qayerda ekanligi noma’lum.

Qurolli isyonga urinish bilan bog‘liq vaziyat hal etilib, Yevgeniy Prigojinga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlanganidan so‘ng, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbarining o‘zi to‘satdan g‘oyib bo‘ldi va hozirda uning qayerdaligi haqida ma’lumot yo‘q.

Oxirgi marta uni Rostovni tark etayotganida ko‘rishgan. Shundan keyin Prigojin vaziyatga hech qanday izoh bermadi va aloqaga chiqmadi. Bu bir qator savollarni yuzaga keltirmoqda.

CNN manbasiga ko‘ra, Prigojinni ehtimoliy o‘lim kutmoqda.

«Putin xoinlarni kechirmaydi. Putin Prigojinga Belarusga ketishga ruxsat bergan taqdirda ham, uni sotqin deb hisoblaydi va buni qachonlardir kechirishiga shubha qilaman», – deydi CNNning Moskvadagi sobiq byurosi rahbari va Rossiya masalalari bo‘yicha ekspert Jill Dogerti.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Yevgeniy Prigojin o‘z qo‘shinlari bilan Moskva tomon «yurish» qildi. Rostov-na-Donni egallab, Moskvaga yo‘l olarkan, Prigojin mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovni yollanma askarlarga topshirishni talab qildi.

FSB Prigojinga qarshi harbiy qo‘zg‘olon uchun jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Vladimir Putin sodir bo‘layotgan voqealarni xiyonat deb atadi.

Biroq 24 iyun kuni kechga borib Putin bilan bamaslahat ish ko‘rgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Prigojin bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Moskvaga yurish qilayotgan Prigojin ortga qaytishini bildirdi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevgeniy Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishini, «Vagner» o‘z dala lagerlariga borishi, Prigojinning o‘zi esa Belarusga ketishi haqida kelishuvga erishilganini aytdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring