Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Mo‘g‘ulistonga bordi. Ukraina u hibsga olinmaganidan g‘azabda

Putin Mo‘g‘ulistonga bordi. Ukraina u hibsga olinmaganidan g‘azabda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga bordi. Bu uning Rim statutini imzolagan va Xalqaro jinoiy sud (XJS) yurisdiksiyasini qabul qilgan davlatga birinchi safari. Sud Putinni Ukrainaga bostirib kirgani uchun harbiy jinoyatlarda gumonlab hibsga olishga order bergan edi.

Putinning samolyoti dushanba kuni kechqurun Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorga qo‘ndi.

Rossiya yetakchisi Mo‘g‘ulistonga mamlakat prezidenti Uxnaagiin Xurelsuxning taklifiga binoan tashrif buyurmoqda.

Putin Ulan-Batorga kelganidan ko‘p o‘tmay, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Georgiy Tixi Mo‘g‘uliston rasmiylarining Rossiya prezidentini XJC orderi asosida hibsga olmaganini qoraladi.

Gaagada joylashgan sud Putin urush boshlanganidan keyin bolalarning noqonuniy deportatsiyasi uchun javobgar deb topib, xalqaro qidiruvga bergan edi.

«Mo‘g‘uliston hukumatining Putinni hibsga olish to‘g‘risidagi majburiy qarorni bajarmagani Xalqaro jinoiy sud va xalqaro jinoiy huquq tizimiga og‘ir zarba bo‘ldi», — deyiladi Ukraina TIV vakilining bayonotida. —«Mo‘g‘uliston ayblanayotgan jinoyatchiga odil sudlovdan qochish imkonini berdi va shu tariqa uning harbiy jinoyatlari uchun sherik bo‘ldi».

Putin Mo‘g‘ulistonda nega bordi?

TASS xabariga ko‘ra, Putin 1939 yilda Mo‘g‘ulistonda Xalkin Gol daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan jangda sovet qo‘shinlarining Yaponiya ustidan qozongan g‘alabaning 85 yilligini nishonlash marosimida ishtirok etadi.

Rossiya prezidenti oxirgi marta bu davlatga besh yil avval tashrif buyurgandi.

Putin Mo‘g‘uliston prezidenti bilan ham uchrashadi, ikki davlat hukumatlari vakillari bir qancha ikki tomonlama hujjatlarni imzolaydilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring