Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda to‘rt hokim ishdan bo‘shatildi

Qashqadaryoda to‘rt hokim ishdan bo‘shatildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari vaqtida viloyatdagi uch tuman va bir shahar hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

Qamashi tumani hokimi Faxriddin Omonovich Do‘stmurodov o‘rniga Sherali Sanayev yangi rahbar etib tayinlangan. Sanayev shu kungacha Bekobod tumani prokurori sifatida ishlab kelayotgandi.

Yakkabog‘ tumani hokimi Jahongir Abdujalilovich Boboyev ham lavozimdan ozod etilib, uning o‘rniga Qashqadaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Shomurod Donayev yangi hokim etib tayinlangan.

Koson tumani hokimi Baxtiyor Eshitemirovich Rajabov ishdan olinib, uning o‘rniga Qashqadaryo viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Asror Boyqorayev yangi rahbar bo‘lgan.

Shahrisabz shahri hokimi Ismat Nusratovich Nusurov ham ishdan olinib, uning o‘rniga «O‘zsanoatqurilishbanki» boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari To‘lqin Karimov yangi hokim sifatida ish boshlagan.

Shuningdek, Qarshi shahri va Shahrisabz tumani «to‘rtligi»ni ogohlantirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring