Qibrayda 10 yoshli qizini sotishga uringan ayolga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tumani sudi 10 yoshli qizini sotishga uringan ayolga hukm o‘qdi.
Sud tergovida ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Z.A. 2014-yil 11-yanvarda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi A.Z.ni bir oilaga 2 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari evaziga sotishga kelishib, 2024 yil 29 mart kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi xonadonlarning birida farzandi uchun dastlabki 500 dollarni ogan paytida qo‘lga tushgan.
Sud majlisida so‘roq qilingan sudlanuvchi, unga nisbatan e’lon qilingan aybga qisman iqrorlik bildirgan.
Shuningdek, u sudda haqiqatdan ham uning ikki nafar farzandi, ya’ni 2011-yilda tug‘ilgan N.D. va 2014-yilda tug‘ilgan A.Z.lar borligi, o‘g‘li D.N.ning nogiron ekanligi hamda oilada yolg‘iz boquvchi ekanligini aytgan.
Sud hay’ati, dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchi Z.Abduraximovaning Toshkent viloyati IIBB TQX JQB hamda Qibray tumani IIB TQX JQB hodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlanganidan iborat jinoiy harakati O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb hisoblagan.
Sud hay’ati, sudlanuvchi Z.A.ni O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topdi va unga ushbu modda bilan 8 (sakkiz) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Mahkum jazoni umumiy tartili koloniyalarda o‘taydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter