Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iz tilini bilmaydiganlar davlat xizmatida ishlay olmaydi

Qirg‘iz tilini bilmaydiganlar davlat xizmatida ishlay olmaydi

Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘qorg‘u Kenesh davlat tiliga doir konstitutsiyaviy qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat Vazirlar Mahkamasi raisi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi davlat tili siyosatini yuritish bo‘yicha huquqiy asoslarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Unga ko‘ra, rasmiy hujjatlar va me’yoriy-huquqiy aktlarning davlat tilidagi varianti original deb hisoblanadi.

Qirg‘iz tilini o‘rta (B1) darajada bilmaydigan fuqarolar davlat va mahalliy boshqaruv tizimida ishlashi mumkin emas.

Yangi qonunga binoan, teleradiokompaniyalar o‘z ijodiy mahsulotlarining yarmidan ko‘pini qirg‘iz tilida tayyorlashi kerak. Veb-saytlarning qirg‘iz tilidagi versiyasida boshqa tillardagi versiyalardan kam axborot joylashtirilishi ham mumkin emas.

Qonun matnida qirg‘iz tili mavqeini oshirishga doir boshqa talablar ham mavjud.

Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlan Shakiyev rasmiy yig‘inda tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Dinara Qutmanovaga rus tilida ma’ruza qilishga ruxsat bermay, qirg‘izcha gapirishni talab qilgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring