Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Bishkekda qo‘lga olindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Bishkekda qo‘lga olindi

1990-yildan 2005-yil martgacha Qirg‘izistonni boshqargan, «Lola inqilobi» tufayli hokimiyatdan ayrilgan Askar Akayev mamlakatga qaytdi. U Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan ushlangan va so‘roq berishga tayyorlanmoqda. Bu xabar mahalliy OAVda  tasdiqlangan.

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident oltin konlaridagi korrupsiyaga aralashganlikda gumon qilinmoqda. Bu ishlardan eng shov-shuvlisi «Qumor» koni bilan bog‘liq ish sanaladi. 

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga ko‘ra, «Akayevni respublika hududiga olib kelib, jinoiy javobgarlikka tortish orqali tarixiy adolatni tiklash» ustida faol ish olib borilmoqda. 

Qirg‘izistonning ikki sobiq prezidenti Akayev va Qurmanbek Bakiyev agar xalq kechirsa, vatanga qaytishlariga ishonch bildirishgani muhokamalarga sabab bo‘lgandi. 

Shuningdek, o‘tgan oy boshida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Akayev va Bakiyevga xalqaro qidiruv e’lon qilingani yuzasidan ma’lumot bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring