Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asqar Akayevning «boshi balodan chiqmayapti»: unga yangi ayblov qo‘yildi

Asqar Akayevning «boshi balodan chiqmayapti»: unga yangi ayblov qo‘yildi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayevga «Qumtor» koni ishi bo‘yicha yangi ayblov qo‘yildi.

Bu haqda RIA «Novosti» Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasiga asoslanib xabar berdi.

«Qumtor» ishi bo‘yicha tergovlar, jumladan Akayevga bog‘liq jarayon davom etmoqda. U endi 1992-yilda  «Kameko» kompaniyasi bilan bog‘liq kelishuv va 2003 «Qumtor» tilla konini qayta qurish masalasida kelishuvni korrupsiyalashtirishda ayblanmoqda»—deyiladi qo‘mita xabarida.

Bir necha kun avval OAVda Akayevga nisbatan ochilgan tekshiruvlar yopilgani aytilgandi. 

Inqilob natijasida hokimiyatdan quvilgan Akayev 2005-yilda Rossiyaga ketib qolgandi. Sadir Japarov prezident bo‘lgach, Akayev ikki bor: avgust va dekabr oylarida Bishkekka kelib so‘roq berdi.

Ayni damda Qirg‘iziston birinchi prezidenti Moskvaga qaytgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring