Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayevdan ayblovlar olib tashlandi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayevdan ayblovlar olib tashlandi

Foto:«MK»

Qirg‘izistonda sobiq prezident Asqar Akayevga nisbatan ochilgan «Qumtor» oltin koni bo‘yicha tekshiruv yopildi.

«Unga qo‘yilgan barcha ayblovlar olib tashlandi, so‘roqlar yakunlandi. Akayev 19-dekabr Moskvaga qaytib ketdi», — deydi sobiq prezidentning safdoshi Bekbo‘lat Talgarbekov.

Talgarbekovning so‘zlariga ko‘ra, tergov Akayevning «Cyenterra»da ulushi yo‘qligini va «Qumtor»dan hech qanday foyda olmaganini aniqlagan.

Asqar Akayev 14 dekabr kuni Bishkekka uchib kelgan va Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilingan. Bu Akayevning hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng Qirg‘izistonga ikkinchi tashrifidir. Shu yilning avgust oyida ham u so‘roq berish uchun vataniga kelgandi. Bu kelish asnosida Akayev hatto prezident Sadir Japarov bilan uchrashgan. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Kanadaning  Centerra Gold Inc. kompaniyasiga Issiqko‘l viloyatidagi «Qumtor» tilla konidagi noqonuniy ishlar bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgandi. Shuningdek, buning ortida birinchi prezidentning korrupsion ishlarga aralashgani iddao qilingandi. 

Qirg‘izistonning yana bir sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev Belarusdan qo‘nim topgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring