Qozog‘iston TIV Samarqanddagi holat bo‘yicha bayonot berdi
Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyorov Samarqandda o‘zbekistonlik ichki ishlar xodimlarining qozoq fuqarolariga nisbatan elektroshoker ishlatganiga munosabat bildirgan.
Uning aytishicha, Qozog‘iston TIV holatni hal qilish uchun O‘zbekistonga xat bilan murojaat qilgan.
«Biz fuqarolarimiz huquqlarini himoya qilamiz. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari fuqarolarimizga elektroshoker ishlatgani aks etgan video tarqalgach, o‘zbek jamoatchiligining o‘zi ushbu holatni qoralamoqda. Biz esa vaziyatni nazoratda ushlab turibmiz. U yerda ichki surishtiruv boshlangan, xodimlar ishdan haydalgan», degan TIV vakili.
Smadiyorovning aytishicha, ular surishtiruv ishlariga «aralashmaslikka harakat qilishyapti», faqat «qozoq fuqarolari huquqlarini himoya qilish» qismini kuzatib turishibdi.
Eslatib o‘tamiz, 20 may kuni kechqurun bir necha qozoq fuqarolari Samarqand shahrida yurgan paytda IIB xodimlari ulardan hujjat talab etgan va ularga nisbatan qo‘pollik qilib, elektroshoker qo‘llagan (videosi bor).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter