Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda endi qalbaki tovarni mobil ilova orqali aniqlash mumkin

Qozog‘istonda endi qalbaki tovarni mobil ilova orqali aniqlash mumkin

Qozog‘istonda endi mahsulotlarning qalbaki yoki haqiqiyligini mobil ilova orqali mustaqil tekshirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda eGOV.kz portali matbuot xizmati xabar berdi.

eGov Mobile mobil ilovasida tovarlarni raqamli kod orqali tekshirish funksiyasi ishga tushirildi. Yangi imkoniyat Naqty Onim xizmati asosida amalga oshirilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga raqamli markirovkalash tizimidagi ma’lumotlarga bepul va tezkor kirish imkonini beradi.

Ayni paytda qalbakilashtirish xavfi yuqori bo‘lgan mahsulotlar — dori vositalari, tamaki mahsulotlari va poyabzallarni tekshirish mumkin.

Tovardagi Data Matrix kodini skaner qilganda, ilovada mahsulotning haqiqiyligi, ishlab chiqaruvchisi, chiqarilgan sanasi va asosiy xususiyatlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ladi.

Tekshiruv funksiyasi majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan va Data Matrix kodini o‘z ichiga olgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. Dori vositalarini tekshirishda esa ularning rasman shu toifaga kiritilgani muhim ahamiyatga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring