Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! 10-iyuldan karantin cheklovlari kuchaytiriladi

Rasman! 10-iyuldan karantin cheklovlari kuchaytiriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustgacha karantin choralari kuchaytiriladi. Bu haqda respublika maxsus komissiyasi axborotida ma’lum qilindi.

2020-yil 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida:

a) quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:

  •  avtotransport vositalarining harakati cheklandi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;
  • davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish belgilandi;
  • hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
  • tomosha, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi;
  • to‘y hamda boshqa oilaviy marosimlarni o‘tkazish taqiqlandi;
  • 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib harakatlanishi cheklandi.

b) quyidagi ob’yektlar faoliyati to‘xtatildi:

  • parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
  • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
  • sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;
  • tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
  • umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);
  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;

v) xalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar bilan bog‘liq quyidagi yangi tartiblar belgilandi:

  • xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;
  • xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari xaydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test topshiradi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring