Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya NATO mashg‘ulotlariga keskin munosabat bildirdi

Rossiya NATO mashg‘ulotlariga keskin munosabat bildirdi

Rossiya NATO davlatlari o‘tkazayotgan harbiy mashg‘ulotlarni tahdid sifatida qabul qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Bu biz uchun tahdid. Biz alyans o‘z infratuzilmasini chegaralarimiz tomon siljitayotganiga qarshi chora ko‘ramiz», — dedi Kreml vakili.

Peskov, shuningdek, Shimoliy Atlantika alyansi AQShning qarama-qarshilik quroli ekanligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, NATO shu yilning 25 yanvar kuni sovuq urush davridan beri eng yirik mashqlarini boshladi. Mashg‘ulotlar may oyigacha davom etadi. Unda 90 ming harbiy xizmatchi, 50 dan ortiq kema, 80 dan ortiq qiruvchi, vertolyot va dron hamda kamida 1100 ta jangovar texnika ishtirok etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring