Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya qo‘shinlari Xersondan chekinmoqda. Shoygu buyruq berdi

Rossiya qo‘shinlari Xersondan chekinmoqda. Shoygu buyruq berdi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi qo‘shinlar qo‘shma guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikinning hisobotidan so‘ng, urushning birinchi kunlarida bosib olingan Xersondan rus qo‘shinlarini olib chiqishni boshlash haqida buyruq berdi.

General Surovikin o‘z hisobotini Rossiya armiyasining muvaffaqiyatlari haqidagi so‘zlar bilan boshlagan. So‘ng, Ukraina qurolli kuchlari Kaxovskaya GES quyi hududidagi yerlarni suv ostida qoldirish rejasi borligini aytib, qo‘shinlarning Xersondan olib chiqilishi askarlar hayotini saqlab qolishga yordam berishini bildirgan.

«Mavjud vaziyatni har tomonlama baholagan holda, Dnepr daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab mudofaani tashkil qilish taklif etiladi. Bu juda qiyin qaror ekanini tushunaman. Shu bilan birga, biz, eng muhimi, harbiylarimizning hayoti va qo‘shinlar guruhining umumiy jangovar qobiliyatini saqlab qolamiz», — dedi Sergey Surovikin.

«Roziman. Qo‘shinlarni olib chiqishni davom ettiring», – degan Shoygu.

Ayrim manbalarda keltirilishicha, Xerson hududida kechayotgan janglarda rus qo‘shinlari jiddiy zarbalarga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, urushning ilk kunlaridayoq Xerson egallangan edi. Bir oy muqaddam Xerson viloyati referendum natijasida anneksiya qilinib, Rossiya hududiga qo‘shib olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring