Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi konda yong‘in: 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyadagi konda yong‘in: 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 8- dekabr kuni ertalab soat 6:45da Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi Tazov tumani Pyakyaxin konida yong‘in bo‘lgan.

Hodisada 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi A.E., E.D. va A.S. vafot etdi, hamyurtimiz T.A. shifoxonaga joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan ayni paytda tegishli organlar tomonidan tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘lik konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring