Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Rossiyaga Xersondan qo‘shinlarini olib chiqish uchun kamida bir hafta kerak» – Ukraina mudofaa vaziri

«Rossiyaga Xersondan qo‘shinlarini olib chiqish uchun kamida bir hafta kerak» – Ukraina mudofaa vaziri

Kecha 10-noyabr kuni Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Rossiya o‘z qo‘shinlarini Xersondan olib chiqish uchun kamida bir hafta vaqt ketishini aytdi.

Vazir Aleksey Reznikov Reyter agentligiga bergan intervyusida Xerson viloyatidagi Rossiya harbiy guruhi hozirda 40 mingga yaqin kishini tashkil etishini ta’kidlagan. Hozirda Rossiya armiyasi Xerson shahrining atrofida va Dnepr daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.

«Bu qo‘shinlarni Xersondan bir-ikki kun ichida olib chiqib ketish unchalik oson emas. Hech bo‘lmaganda bir hafta kerak bo‘ladi», deydi Ukraina mudofaa vaziri.

Reznikovning ta’kidlashicha, bunday olib chiqish orqali har ikki tomon kuchlarini boshqa hududlarda jang qilish uchun yo‘naltiradi. Uning aytishicha, Rossiya o‘z kuchlarini so‘nggi bir necha oy ichida qisman bosib olingan qo‘shni Zaporoje viloyatida ham kuchaytirishi mumkin.

Vazir Aleksey Reznikov qo‘shimcha qilishicha, qish fasli janglarni sekinlashtirib, har ikki tomonni qayta yig‘ish imkoniyatini beradi.

«Qish har ikki tomonning jang maydonidagi har qanday faolligini sekinlashtiradi. Bu hamma uchun foydali. Nafas olishingiz mumkin», – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 9-noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi qo‘shinlar qo‘shma guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikinning hisobotidan so‘ng, urushning birinchi kunlarida bosib olingan Xersondan rus qo‘shinlarini olib chiqishni boshlash haqida buyruq bergan eli.

 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring