Sadir Japarov prezidentlikka nomzodini ilgari surdi
Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sadir Japarov prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qildi, deb xabar berdi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi.
Japarov saylov komissiyasiga o‘z nomzodini qo‘yish niyatini bildirgan oltinchi nomzod bo‘ldi. Tadbirkorlar Aymen Kasenov va Akay Qidirov, siyosatchi Azamat Esenbekov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash davlat xizmatining sobiq rahbari Simik Japikeyev va Qirg‘iziston Kommunistlar partiyasi yetakchisi Is’hoq Masaliyev allaqachon o‘z nomzodini qo‘yishlarini e’lon qilishdi.
Markaziy saylov komissiyasi 13-noyabrdan keyin nomzodlarni ro‘yxatga olishni boshlaydi. Prezidentlik saylovlari 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.
Sadir Japarov bu lavozimni 2021-yildan beri egallab kelmoqda. Japarov prezidentligining boshida qabul qilingan konstitutsiyaviy tuzatishlar tufayli ketma-ket ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter