Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand IIB instablogerning «samosud»i haqida ma’lumot berdi

Samarqand IIB instablogerning «samosud»i haqida ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda Tursunxon nomi bilan tanilgan instabloger noma’lum shaxslar tomonidan samosud qilingani aytilgan videotasvir tarqalggan edi.

Holatga viloyat IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu videodagi holat joriy yil 15-may kuni Samarqand shahrida sodir bo‘lgan. 

Viloyat IIB rasmiysiga ko‘ra, Oqdaryo tumanida yashovchi A.T. Samarqand shahrida ikki nafar shaxslar bilan tanishib, ulardan ish topib berishda yordam so‘ragan.

Ushbu fuqarolardan biri o‘zi ishlayotgan reklama agentligida ishchi o‘rni borligini aytganida, A.T. ushbu ishga rozi bo‘lib, ulardan biridan yo‘lkiraga pul olib, uyiga ketib, ertalab aytilgan joyga ishga kelmagan.

Natijada ularning o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Ikki nafar fuqarolar A.T. bilan uchrashib, uni haqorat qilib, buni tasvirga olishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring