Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand viloyatida haydovchilar o‘rtasidagi janjal pichoqbozlikka sabab bo‘ldi

Samarqand viloyatida haydovchilar o‘rtasidagi janjal pichoqbozlikka sabab bo‘ldi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 17-aprel kuni soat 15:30larda 25 yoshli M.Ozod Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri U.Barnoyev ko‘chasida davlat raqami mavjud bo‘lmagan «Labo» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, ushbu ko‘chada harakatlanib ketayotgan fuqaro A.Amirning boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasining yo‘lini hech bir sababsiz bir necha marotaba to‘sib janjal keltirib chiqargan vaqtida, uning bezorilik harakatlari oldini olmoqchi bo‘lgan 33 yoshli A.Ulmasning bo‘yin, chap peshona sohasiga hamyon pichog‘i bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Ozodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davomida, M.Ozod «Nexia» rusumli avtomashina haydovchisini tanimasligi, unga o‘zini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida bezorilik harakatlari sodir qilganligi aniqlangan. 

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring