Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 33 sotix yer 3 milliard so‘mga sotildi

Samarqandda 33 sotix yer 3 milliard so‘mga sotildi

Foto:

Joriy yilning 6-dekabr kuni e-auksion.uz saytida o‘tkazilgan onlayn-auksion savdosida Samarqand shahrida joylashgan yer maydoni 0,33 ga. teng bo‘lgan, boshlang‘ich narxi 9,4 mln. so‘mlik mehmonxona qurish uchun yer uchastkasi sotildi. Bu haqda «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK xabar berdi.

Ushbu yer uchastkasi uchun onlayn-auksionlarda 14 ta ishtirokchi qatnashgan. Ular tomonidan taklif qilingan narx 597 qadamga oshirilib, auksion yakuniga ko‘ra yer uchastkasi 3,018 mlrd. so‘mga sotildi. Auksion g‘olibi mehmonxona tashkil etish, kamida 25 ta ish o‘rni yaratish va 4 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini qabul qilib olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring