Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandga ketayotgan Cobalt yukxonasidan 900 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht topildi

Samarqandga ketayotgan Cobalt yukxonasidan 900 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht topildi

«Qarshi – Samarqand» yo‘nalishida harakatlanib kelgan «Cobalt» rusumli avtomobilning salon va yukxonasidan noma’lum hayvonga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan 900 kg go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 mart kuni soat 21.10 larda «Qarshi – Samarqand» yo‘nalishida harakatlanib kelgan «Kobalt» rusumli avtomobil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan «Mingchinor» muntazam YPX maskanida to‘xtatildi. Avtomashina haydovchisi bilan olib borilgan suhbat davomida salon va yukxona ko‘zdan kechirilganda kelib chiqishi noma’lum hayvonga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlarsiz 900 kg go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi.

Aniqlangan go‘sht viloyat «Oziq - ovqat mahsulotlari xavfsizligi» laboratoriyasi xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilganda, iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi.

Laboratoriya xulosasiga ko‘ra sifatsiz go‘sht mahsuloti tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilib, tegishli jazo qo‘llandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring