Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandga Xitoydan 350 ta elektrobus olib kelinadi

Samarqandga Xitoydan 350 ta elektrobus olib kelinadi

Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus sotib olish va hududda tegishli infratuzilmani yaratish bo‘yicha 95 mln dollarlik loyiha amalga oshiriladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida amalga oshadigan mazkur loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Ayni vaqtda birinchi bosqich bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Unga ko‘ra, uzunligi 10,5 metr bo‘lgan dastlabki 100 ta elektrobus xarid qilish va elektrobus parkini qurish rejalashtirilgan.

100 ta elektrobus sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra, Xitoyning Yutong Bus Co.Ltd kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Kompaniya «Samarqand yo‘lovchi trans» davlat korxonasi bilan 29,7 mln yevro miqdorida shartnoma imzolab, 100 ta elektrobusdan 6 tasini joriy yilning birinchi yarim yilligida, qolgan 94 tasini esa uchinchi chorak yakuniga qadar yetkazib berishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring