Sanepidqo‘mita nipax virusi bo‘yicha bayonot berdi
Nipax virusi O‘zbekistonda qayd etilmagan. Bu haqda Sanepidqo‘mita ma’lumot berdi.
Nipax — hayvonlardan insonga yuqadigan xavfli virus bo‘lib, ko‘rshapalaklar orqali, shuningdek ifloslangan oziq-ovqat va insondan insonga yuqishi mumkin. So‘nggi yillarda virus holatlari asosan Hindiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarida kuzatilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda ushbu virus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror, ushbu kasallikni mamlakatimizga kirib kelish ehtimol juda past.
Hindistonga safar rejalashtirayotganlar uchun tavsiyalar:
- shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;
- qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuvish;
- antiseptik vositalardan foydalanish;
- meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish;
- tekshirilmagan suvni ichmaslik;
- ko‘rshapalak tishlagan yoki shikastlangan mevalarni iste’mol qilmaslik.
Agar isitma, kuchli bosh og‘rig‘i yoki boshqa alomatlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter