Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni Podshohligi O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

Saudiya Arabistoni Podshohligi O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi

Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘z telegram kanalida ma’lum qildi.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar ko‘plab sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Uchrashuv chog‘ida savdo, investitsiyalar, energetika hamda madaniy almashinuv yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning hozirgi ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollarini muhokama qildik», – deb yozadi TIV rahbari.

Saidov, o‘z navbatida, elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring