Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin, Putin va Tramp G20 sammitiga bormaydi

Si Szinpin, Putin va Tramp G20 sammitiga bormaydi

Xitoy rahbari Si Szinpin Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etmaydi, deya xabar beradi Xitoy diplomatik manbalari Die Zeit nashriga. Xitoy nomidan Bosh vazir Li Syan qatnashadi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham sammitdagi ishtirokini bekor qilgandi. G20 tarixida birinchi marta guruhning uchta yirik davlati yetakchilari qatnashmaydi.

G20 sammiti 21 va 22-noyabr kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi. Tramp 2025-yilning boshida Janubiy Afrikaga bormasligini, chunki mamlakat Yevropa mustamlakachilarining avlodlaridan yerlarni tortib olayotganini aytgan edi. Sentyabr oyida Donald Tramp uning o‘rniga AQSh vitse-prezidenti J.D.Vens Yoxannesburgga borishini aytgan edi.

Rossiya rahbari Vladimir Putin esa Xalqaro jinoiy sud orderi tufayli JARga bora olmaydi. XJS 2023-yil martida Putinni qamashga order bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring