SIBOS-2025: Octobank Frankfurtda raqamli yechimlarni taqdim etmoqda

Octobank SWIFT tomonidan tashkil etilgan xalqaro bank tadbiri — SIBOS-2025 ko‘rgazma-konferensiyasida ishtirok etmoqda. Tadbir 29 sentyabrdan 2 oktyabrgacha Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) Messe Frankfurt ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilda bank o‘z stendiga ega eksponent sifatida xalqaro miqyosda yangi qadam tashlamoqda va ilg‘or raqamli yechimlarni, jumladan, zamonaviy ekvayring texnologiyalari va korporativ to‘lovlarni samarali boshqarish vositalarini namoyish etmoqda.
Tadbir doirasida NASDAQ, Misyon Bank, Arab African International Bank, Aktif Bank, Landesbank Baden-Württemberg, Mashreq Bank va boshqa yetakchi moliya tashkilotlari bilan samarali uchrashuvlar va ishbilarmonlik muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
«SIBOS’ga eksponent maqomida qatnashish — xalqaro ishtirokimizni rivojlantirishda muhim bosqichdir. Biz nafaqat texnologik yetuklikni, balki global bank hamjamiyatida yangi strategik sherikliklarga ochiqlikni ham namoyish etmoqdamiz», — dedi Octobank boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov.
SIBOS har yili dunyoning 200 dan ortiq yetakchi bank va moliya muassasalarini birlashtiradi hamda moliya sohasida muloqot o‘rnatish, tajriba almashish va innovatsiyalarni taqdim etish uchun muhim tadbir hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter