Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchi Chingiz Aytmatovning bevasi vafot etdi

Yozuvchi Chingiz Aytmatovning bevasi vafot etdi

Foto: kabar.kg

Taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatovning bevasi Mariya Urmatovna hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «NewTimes.kz» axborot agentligi 24.kg ma’lumotlariga tayanib.

Ushbu xabarni yozuvchi nomi berilgan muzeyda ham tasdiqlashgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Mariya Aytmatova yurak kasalliklari bilan og‘rigan.

Mariya Aytmatova 1942-yil 13-iyulda Chuy viloyatida dunyoga kelgan.

Ta’kidlash joizki, bir necha kun avval yozuvchining o‘g‘li Sobir Aytmatovning rafiqasi ularning butun oilasi koronavirus infeksiyasini yuqtirganligini ma’lum qilgandi.

NT tahririyati Mariya Aytmatovaning oilasiga hamdardlik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring