Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq qo‘mitasi va MIB ishtirokida videoselektor o‘tkazildi

Soliq qo‘mitasi va MIB ishtirokida videoselektor o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 19-oktyabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda sud ijro hujjatlari asosida soliq qarzini qisqartirish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabariga ko‘ra, tadbir videoselektor tarzida o‘tkazilib, unda 1300dan ziyod mas’ullar ishtirok etdi.

Hozirda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shma buyruq asosida qarzdorlarning mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirish tadbirlariga 1121 nafar xodimni jalb etgan.

Buning natijasida joriy yilning 9 oyi davomida 2,0 trln. so‘m soliq qarziga ega 41,6 mingta ob’yektda xatlov tadbiri o‘tkazilib, 195,8 mingta holatda 1 trln. 583,7 mlrd. so‘m mablag‘ undirildi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga (54,7 mingta holatda 454,3 mlrd. so‘m edi) nisbatan 141,1 mingta holatda 1 trln. 129,5 mlrd. so‘mga ko‘p mablag‘ undirilganidan dalolatdir.

Shu bilan birga, 20,2 mingta qarzdorning 458,9 mlrd. so‘m qiymatidagi mol-mulklari, shundan 1450 ta bino va inshoot, 1819 ta transport vositalari va 16 966 ta boshqa turdagi mulklar xatlandi.

Videoselektor yig‘ilishida hamkorlikdagi ishlarni tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan va ko‘rsatkichlari past bo‘lgan Toshkent, Qashqadaryo, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari boshqarmalari va tuman davlat soliq inspeksiyalari rahbarlariga nisbatan keskin e’tirozlar bildirilib, kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring