So‘x tumani chegarasidagi mojaro: hukumat rahbarlari uchrashadi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 1-iyun kuni Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Kubatbek Bo‘ronov bilan uchrashadi. Bu haqda «Kaktus» xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kubatbek Bo‘ronov Botken viloyatining Qadamjoy tumaniga yetib borgan. U Abdulla Aripov bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki mamlakatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida ro‘y bergan mojaroni muhokama qiladi.
Ma’lum qilinishicha, vaziyatga yechim topilgan. Rasmiylar xavfsizlik choralarini kuchaytirib, tegishli organlar mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha 31 may kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatiga tutash, Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘ida suv uchun katta janjal ro‘y berdi. Ikki qishloq aholisi buloq o‘ziga tegishli ekanini da’vo qilib, bir-birini toshbo‘ron qilgan, bir necha kishi jarohat olgani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter