Statqo‘m: maktablarda o‘quvchi qizlar ulushi kamayib bormoqda
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, umumta’lim muassasalariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi sinfga respublika bo‘yicha jami 587,7 ming nafar o‘quvchi qabul qilingan.
Shundan:
— qiz bolalar – 280,5 ming nafar
— o‘g‘il bolalar – 307,2 ming nafar
Ko‘rinib turibdiki, o‘quvchi qizlar ulushi o‘g‘il bolalarnikidan qariyb 27 ming nafarga kam.
Hududlar kesimda 2021/2022 o‘quv yilida umumta’lim muassasalariga birinchi sinfga qabul qilingan o‘quvchilar soni (ming nafar):
Jami | qiz bolalar| o‘g‘il bolalar
O‘zbekiston R. – 587,7 | 280,5 | 307,2
Qoraqalpog‘iston R. – 33,7| 16,2 |17,5
Andijon viloyati – 51,9 | 24,7 | 27,2
Buxoro viloyati – 25,6 | 12,1 | 13,5
Jizzax viloyati – 24,8 | 11,9 | 12,9
Qashqadaryo viloyati – 61,6 | 29,4 |32,2
Navoiy viloyati – 17,9 | 8,6 | 9,3
Namangan viloyati – 50,9 | 24,3 | 26,6
Samarqand viloyati – 75,3 | 36,0 | 39,3
Surxondaryo viloyati – 53,2 | 25,4 |27,8
Sirdaryo viloyati – 13,2 | 6,2 | 7,0
Toshkent viloyati – 45,6 | 21,6 | 24
Farg‘ona viloyati – 62,4 | 30,1 | 32,3
Xorazm viloyati – 33,5 | 16,2 | 17,3
Toshkent shahri – 38,1 | 17,8 | 20,3
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter