Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud ishlarida advokatlar vakolati kengaytirilyapti

Sud ishlarida advokatlar vakolati kengaytirilyapti

Joriy yil 16-fevraldagi PF-22-son farmon bilan Adliya vazirligiga 2026-yil 1-iyunga qadar tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda sud ishlarini yuritishda himoya institutini takomillashtirishga doir qator vazifalarni bajarish topshirilgan.

Jumladan, Oliy sud, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida jinoyat ishini sudga yuborishda ayblov xulosasi bilan birga «himoya fikri»ni taqdim etish tartibini joriy etishi lozim.

Raqamli texnologiyalar vazirligi va Advokatlar palatasiga esa jinoyat ishida himoyachiga o‘z himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki jabrlanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar hamda dalillar bilan tanishib, undan nusxalar olish, surishtiruv va dastlabki tergov davomida istalgan vaqtda o‘z himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan yuritilayotgan jinoyat ishini qo‘zg‘atish va tugatish haqidagi qarorlardan nusxa olish vakolatlarini berish tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklangan. Bunda qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar mustasno.

Shuningdek, advokat so‘roviga ma’lumotlar bepul taqdim etilishi, notarial harakatlar va kadastr organlaridan olinadigan ma’lumotlarni advokat so‘rovi orqali olish imkoniyatini yaratish ham nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, yuqoridagi o‘zgarishlar orqali 7 ming nafardan ziyod advokatlar uchun jinoyat protsessida himoya ostidagi shaxslarning huquqlarini ishonchli himoya qilishdagi qonuniy vakolatlari kengaytiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring