Suriya armiyasi shimoldagi katta hududlarni egalladi
Suriya armiyasi mamlakat shimolidagi hududlarni nazoratga oldi va kurd kuchlarini siqib chiqardi, deb xabar berdi The Guardian.
SANA axborot agentligi Suriya Al-Tabqa shahri va unga tutash to‘g‘on ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatganini xabar qildi. Bundan tashqari, Suriya armiyasi 2024-yil iyun oyida ochilgan Furot daryosi ustidagi Ar-Rashid ko‘prigini portlatdi. Reuters agentligining xabar berishicha, Suriya harbiylari shuningdek Al-Omar neft konini va Konoko gaz konini egallab olishdi.
2025-yil dekabr oyi oxirida kurd kuchlari va Suriya armiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar qayta boshlandi. 10-yanvarga kelib, hukumat kuchlari Shayx Maqsud va Ashrafiya tumanlarini nazoratga oldi. Uch kundan keyin Suriya Halab sharqidagi hududni taqiqlangan hudud deb e’lon qildi va kurdlarni turar-joy massivlari va armiya pozitsiyalariga dronlarni uchirish uchun undan foydalanishda aybladi.
17-yanvarda Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa kurd tilini davlat tili sifatida tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Bundan tashqari, 1962-yilgi aholini ro‘yxatga olishda fuqaroligidan mahrum bo‘lgan kurdlarga uni qayta tiklash huquqi berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter