Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi quriladi

Surxondaryoda 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi quriladi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Janubiy Surxon suv ombori» hududida umumiy maydoni 15,7 gektar bo‘lgan, qiymati 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi qurilishi rejalashtirilgan.

Viloyat hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, loyiha doirasida tabiiy muhitni asrab-avaylash, yangi yashil maydonlar tashkil etish, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilmalar barpo etish hamda oqova suvlarni tozalash tizimini joriy qilish nazarda tutilgan.

Viloyat hokimi taklif va tavsiyalar asosida takomillashtirilgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Hudud ko‘zdan kechirilib, qurilish ishlarini tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirish, belgilangan talablar asosida qisqa muddatlarda boshlash vazifalari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring