Taqiqlangan giyohvand va psixotrop moddalar ro‘yxati kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 359-son qarori bilan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini tartibga soluvchi yangi nizomlar tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni O‘zbekistonga olib kirish va olib chiqish uchun sertifikat berish, ularni respublika hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazishga ruxsatnoma rasmiylashtirish, mamlakatning ushbu vositalarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, ularni yo‘q qilish hamda tranzit yo‘lovchilarning davolanish maqsadida bunday vositalarni tashishi va foydalanishi tartiblari qayta belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan va cheklangan giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarning yangilangan ro‘yxatlari tasdiqlandi. Jumladan, muomalada bo‘lishi taqiqlangan giyohvandlik vositalari ro‘yxati 265 tadan 320 taga, muomalasi cheklangan psixotrop moddalar turlari esa 85 tadan 93 taga kengaytirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur qaror 9 ta ilovadan iborat bo‘lib, ular giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq munosabatlarni kompleks tartibga solish mexanizmlarini o‘z ichiga oladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter