Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATU va «ORACLE» hamkorligi kuchayadi

TATU va «ORACLE» hamkorligi kuchayadi

Foto: TATU

«ORACLE» kompaniyasi taklifiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining doktoranti, «Axborot texnologiyalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi T.Xo‘jaqulov hamda kompyuter injiniringi fakulteti dekani muovini X.Jiyanbekovlar «ORACLE» bosh ofisida bo‘lishdi.

Kompaniya softverchilari va qator bosh menejerlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda mahsulotlar ishlab chiqish va dunyo bozoriga chiqarishda hamkorlik qilish, TATUda «ORACLE» akademiyasini yanada rivojlantirish, talabalarga bilim berishda eng so‘nggi dasturiy mahsulotlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, universitetda «ORACLE» laboratoriyasini ochish, umuman, hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘paytirish bo‘yicha kelishib olingan.

Foto: TATU

Bundan tashqari, «ORACLE» kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda bo‘layotgan AKT sohasidagi tub o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirilib, yaqinda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan ochilgan IT-Park faoliyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring