Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termiz tumanida sudya yordamchisi pora olayotganida ushlandi

Termiz tumanida sudya yordamchisi pora olayotganida ushlandi

Foto: DXX

Termiz tuman sudi sudyasining yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudining sudya yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan yengillik yaratib berishi evaziga dastlab 500 ming so‘m pul mablag‘ini olib, qo‘shimcha ravishda 800 AQSh dollari talab qiladi.

DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi o‘zining qarindoshi vositachiligida 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring