Maktab formasi bo‘yicha yangi qaror e’lon qilindi
Hukumat qaroriga (271-son, 19.05.2022-y.) ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etiladi (ilgari 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi kerak edi).
Qayd etilishicha, 2022-yil 1-iyungacha hududlar kesimida 2022/2023 o‘quv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy budjet hamda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘maklashiladi.
Shuningdek, 2022-yil 10-avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, davlat maktablari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasi shakllari Hukumatning 15.08.2015-yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan edi.
Qayd etish lozimki, ikki yil avval umumiy o‘rta ta’lim maktablarida majburiy formani joriy etish keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va majburiy forma joriy qilinishi 5 yilga kechiktirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter