Toshkent viloyatiga yangi hokim tayinlandi. U bungacha Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari edi
Prezident farmoniga muvofiq, Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Uning o‘rniga Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Davron Hidoyatov Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgunga qadar poytaxt tumanlarida hokim bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni selektor yig‘ilishida shu haftaning o‘zida kadrlar masalasida katta o‘zgarishlar bo‘lishini qayd etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter