Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ukraina bunga javob qaytaradi» — Zelenskiy

«Ukraina bunga javob qaytaradi» — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning yirik raketa hujumidan so‘nggi nutqida Ukraina bunga javob berishini, ammo jahon hamjamiyatining ham shunday qilishi muhimligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning so‘nggi paytlardagi eng yirik hujumi natijasida 100 dan ortiq xususiy uylar, 45 ta ko‘p qavatli uylar, maktablar, ikkita cherkov, kasalxonalar, tug‘ruqxona, ko‘plab savdo va omborxonalar vayron bo‘lgan yoki shikastlangan.

39 kishi halok bo‘ldi, 160 dan ortiq kishi yaralandi.

29 dekabr kuni Rossiyaning Kiyevga qilgan hujumi tinch aholi orasida qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik hujumga aylandi.

«Dunyo terrorning so‘nggi ko‘rinishiga javob berishi muhim. Bugungi kunda ko‘plab rahbarlar allaqachon Ukraina va ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlashlarini e’lon qilishgan va men barchadan minnatdorman. Va ayniqsa, bizning havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirishga bizga yordam berayotganlarga», — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy qutqaruvchilar, politsiya va qutqaruv operatsiyasi hamda vayronalarni tozalashda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirib, ish kechayu kunduz davom etishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning bir qator hududlari 29 dekabr kuni Rossiya raketalari zarbasiga uchradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 150 ga yaqin raketa uchirilgan. Yaqin o‘rtada Rossiya tomonidan bunday ko‘lamdagi hujumlar kuzatilmagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring