Vaziyat qaltis: Armaniston harbiy holat va ommaviy safarbarlik e’lon qildi

Ozarbayjon-Armaniston chegarasida vaziyat keskinlashgani haqida xabar bergandik.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Armaniston qarshi hujum boshlagan.
RIA Novosti» xabar berishicha, Tog‘li Qorabog‘ voqealari doirasida Armaniston hukumati mamlakatda harbiy holat va ommaviy safarbarlik e’lon qilgan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan «Facebook» orqali shunday murojaat qildi:
«Armaniston Respublikasi hukumati qarori bilan harbiy holat va ommaviy safarbarlik e’lon qilinadi. Qaror rasmiy e’lon qilinganidan boshlab kuchga kiradi. Qo‘shinlarga biriktirilgan shaxsiy tarkibdan o‘z hududidagi harbiy komissariatlarga yetib borishni so‘rayman».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter